Toshkent shahar hokimligi shaharda archalar o‘rnatiladigan va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarni ma’lum qildi.
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi Istiqlol ko‘chasi Alisher Navoiy nomidagi kutubxona qoshida o‘rnatiladi. Bundan tashqari, qishning asosiy bayrami kunlari yana beshta asosiy archa bezatiladi.
Bu yasatilgan archalar Xalqlar Do‘stligi va Xadra maydonlarida Toshkent Davlat sirki oldida, Next va Compass savdo-ko‘ngilochar markazlari yaqinida va Algoritm dahasida Roison Elektronics korxonasi yonida o‘rnatiladi.
Tuman hokimliklari poytaxt hayvonot bog‘i, Ecobozor savdo kompleksi hududida, GreenPark’da, “Ashxobod”, “Do‘stlik”, “Eko park”, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Central Park bog‘larida, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr oldida, O‘zbekiston Milliy banki yonida va boshqa joylarda bayram tadbirlarini uyushtiradi.
Izoh (0)