O‘zbekiston sekin-asta Ukraina tovarlarini bojxona rasmiylashtiruvini boshladi. Bu haqda Ukraina Shakar ishlab chiqaruvchilar milliy uyushmasining matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Spot.
Assotsiatsiyaning ma’lum qilishicha, noyabr oyi o‘rtasidan boshlab, O‘zbekistonga Ukrainadan kirib kelgan shakar va boshqa yuklar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmagan.
Shunda assotsiatsiya vaziyatni hal etish iltimosi bilan Ukraina Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi va Agrar siyosat va oziq-ovqat vazirligiga murojaat qilgan.
“Shakar kompaniyalari va zavodlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish jarayoni boshlanganligini tasdiqladi. Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, noyabr oyidagi shakar eksporti hajmining 47 foizi aynan O‘zbekistonga amalga oshirilgan”, — deydi “Ukrsukor” boshqaruv raisining o‘rinbosari Ruslana Butilo.
Izoh (0)