O‘tgan hafta mobaynida 629 ta, 2,6 milliard so‘mdan oshiq avtomobil raqamlari sotilgan. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlariga tayanib, “Spot” xabar berdi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 22% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48% ikkinchi va 30% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 22% ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 12% ulush bilan joylashdi.
Uchinchi o‘rin Farg‘ona viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 56% ga teng.
Izoh (0)