Hukumat qarori bilan umumta’lim fanlari bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik majmualari narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Xalq ta’limi vazirligining “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ham shu ro‘yxatdan joy oldi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qaroriga asosan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar va xizmatlar turlari ro‘yxatiga paxta mahsuloti (paxta xomashyosi, paxta tolasi, texnik urug‘lik), etil spirti, mineral o‘g‘itlar kabi jami 21 ta tovar (xizmat) kiritilgan.
Izoh (0)