Ukraina xavfsizlik xizmati Parijdagi norozilik namoyishlari aks etgan suratlarda Donetsk xalq respublikasining bayrog‘ini ko‘targan ikki kishining suratiga e’tibor qaratdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Ukraina xavfsizlik xizmati Moskva Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham norozilik namoyishlarini tayyorlamoqda degan fikrda.
Fransiyadagi norozilik namoyishlari vaqtida faqat Parijning o‘zida 1700 dan ortiq kishi qo‘lga olindi, 130 dan ortig‘i jabrlangan.
Namoyishlar Fransiya hukumatining namoyish ishtirokchilarining talablarini bajargani va yoqilg‘i narxini oshirishni vaqtincha to‘xtatganiga qaramay davom etmoqda.
Izoh (0)