O‘zbekistonning tog‘li hududlarida pishiriladigan taomlar haqidagi bu video ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bir kunda uni 90 mingdan ortiq kishi ko‘rib, 800 ga yaqin xorijlik izoh qoldirdi.
Jumladan, Yujiro ismli foydalanuvchi bu mamlakatni o‘zi sayohat qilishi zarur bo‘lgan joylar ro‘yxatiga kiritganini bildirgan. Casually taxallusi bilan kirgan foydalanuvchi esa O‘zbekiston haqida avval eshitmagani va bu tasvirlar orqali yurt vakillari juda mehmondo‘st ekaniga guvoh bo‘lganini yozgan. “Videoda ajoyib taomlar va takrorlanmas madaniyatga ega O‘zbekistonning qirralarini ochib berilgani juda yaxshi bo‘libdi”, deydi Lord Antony. Yana bir muxlis esa “bu videoni ko‘rib oilamni albatta yangi yilda O‘zbekistonga borishga ko‘ndirishga tushdim” deb fikr qoldirgan.
Bu kabi iliq munosabat video ostidagi izohlarda anchagina. Dunyo bo‘ylab 1,5 millionga yaqin potensial sayyoh o‘qiydigan ushbu sahifada O‘zbekiston haqida ma’lumotlar chiqishi samara berishi shubhasiz.
Izoh (0)