• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ektor Kuper: Osiyo chempioni bo‘lsak, natijadan qoniqaman

    6-dekabr, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Kuper jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

    Foto: O‘FA matbuot xizmati

    Foto: O‘FA matbuot xizmati

    — Avstraliyadagi yig‘indan keyin jurnalistlarda ko‘plab savollar paydo bo‘ldi. Xatolarimiz yetarlicha bo‘ldi. Barcha uchun yutqazish yoqimsiz. Buning ijobiy tomonlari bor. Bu murabbiy uchun ijobiy. Ya’ni mag‘lubiyatdan so‘ng kamchiliklarimizni bilib oldik. Osiyo Kubogi haqida gapiradigan bo‘lsak umidim katta. Yigitlarni yaxshi tayyorlagan holda yetarli kuch bilan boramiz degan umiddaman, — deya so‘z boshladi Ektor Kuper.

    — Oltita o‘rtoqlik o‘yini va uchta yig‘in sizga terma jamoani o‘rganib olish uchun yetarli bo‘ldimi?

    — Men o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarni ajratmayman. Ikkalasiga bir xil tayyorgarlik ko‘ramiz. Fransiya ham himoyaviy o‘yin ko‘rsatib Jahon chempioni bo‘ldi. Agar men xato qilayotganimni sezsam darhol o‘zgartiraman. Balki Osiyo Kubogida boshqacha taktikada o‘ynarmiz. Buni bilmaymiz.

    — Oktabr oyida siz noyabr oyidagi yig‘indan so‘ng Osiyo Kubogiga boradigan tarkib 90 foizga aniq bo‘ladi degandingiz. Superliga ham tugadi. Barchasi hal bo‘ldimi?

    — To‘g‘ri noyabr oyida degandim. Ammo oldinda yana bitta yig‘in bor. Ushbu yig‘inda ham bir qator yangi futbolchilarni sinab ko‘ramiz. Shundan keyin yakuniy tarkibni aniqlaymiz.

    — Livan bilan o‘yindan oldin biz favorit hisoblangandik. Ammo o‘sha jamoaga qarshi ham himoyaviy o‘ynadik. Osiyo Kubogi guruh bosqichida o‘zimizdan nisbatan ikkita terma jamoa bilan o‘ynaymiz. O‘sha o‘yinlarda ham himoyaviy o‘ynaymizmi?

    — Nazariy jihatdan qaysidir raqib qog‘ozda kuchsiz bo‘lishi mumkin. Biz barcha raqibga bir xil yondoshamiz. Mening taktikam himoyaviy emas. Menga himoya qilish ham yoqadi, hujum qilamiz. Xavotir olmasangiz bo‘ladi, bizda B plan bor. Yaxshi himoyalangan holda vaziyat bo‘lgani zahoti hujumga o‘tishga harakat qilamiz.

    — Odatda murabbiylarda ikki xil muammo bo‘ladi. Bittasi futbolchi ko‘pligidan ulardan qaysi birini chaqirishni bilmaydi, ikkinchisi futbolchi kamligidan qiynaladi. Bundan tashqari Rossiyada o‘ynayotgan Markov, Galiulin, Afonin va Denisov kabi futbolchilarga e’tibor qaratilmoqdami?

    — Germaniyada futbolchilar ko‘p. Lekin Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmadi. Chetda o‘ynayotgan futbolchilar hozirgi futbolchilardan kuchli deya olmaymiz yoki aksincha. Doim murabbiyning qaroriga qarshi chiqadigan odamlar bo‘ladi. Bunday holatda muvozanatga erishish lozim.

    — Hozirgi tarkibdan kelib chiqqan holda O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida qanday natija qayd etsa siz qoniqasiz?

    — Osiyo chempioni bo‘lsak. Doim muxlislar natijaga e’tibor qiladi va taktikaga qiziqmaydi. Superligani kuzatdim, qanot himoyachilar juda yaxshi o‘ynashmoqda. Ammo mening ham o‘z qarashlarim bor, shunga qarab ishlaymiz. Noyabr oyida ikki o‘yinda yuta olmadik ko‘pchilik barchasi yomon deb aytdi, oktabr oyida ikki o‘yinda yutdik va barchasi yaxshi deyishdi. Ammo bunday emas. Barcha joyda kamchiliklarimiz bor. Ular ustida ishlashimiz kerak.

    — Maydonda barchasini futbolchi bajarishini hisobga olib Sizning taktikangiz balki futbolchilarga ma’qul kelmayotgandir. Ular bilan birga bir suhbatlashasizmi? Teoriyada nimalarni gaplashasizlar?

    — Hozircha futbolchilar men talab qilayotgan ishni qila olishiga 100 foiz ishonaman. Men murabbiyman, barcha xato qiladi. Agar o‘yinchilar buni bajara olmayaptimi uni o‘zgartirishimiz mumkin.

    — Turkiyadagi yig‘indagi raqiblar ma’lum bo‘ldimi?

    — U yerda bitta o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladi. 26 yoki 27-dekabr kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazamiz.

    — Muxlisdan savol: Osiyo Kubogida ham shunday o‘ynaymizmi? Yoki Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz bilib qolmasligi uchun o‘yinni ochmadingizmi?

    — Barcha terma jamoada o‘z taktikalari bo‘lishi kerak. Osiyo Kubogida ham shu uslubda o‘ynaymiz deb bo‘lmaydi. Barcha jurnalistlar pessimistik ruhda savollar berishmoqda. Men esa optimistik ruhdaman. Xudo xohlasa, Osiyo Kubogida ham chempion bo‘lishimiz mumkin.

    — Muxlisdan savol: Rossiya ham Jahon chempionatidan avval barcha o‘rtoqlik o‘yinlarida salbiy natija qayd etdi va mundialda ajoyib o‘ynadi. Sizga “ayyor finalchi” degan laqab qo‘yilgan. Sizdan ham Osiyo Kubogi finalini kutishimiz mumkinmi?

    — To‘ppa-to‘g‘ri. Ilojsiz narsani o‘zi yo‘q. Osiyo Kubogida nafaqat finalga chiqish balki g‘alaba qozonish ham mumkin. Mag‘lubiyatlardan keyin jurnalistlarda ham, muxlislarda ham kayfiyat tushib ketadi. Menda bu narsa ko‘p bo‘lgan.

    06.12.2018, 12:02   Izoh (0)   27419
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondan 5 nafar hakam Osiyo Kubogi—2019 musobaqasida ishlaydi

    05.12.2018, 16:21

    “Manchester Siti” APLda 125 yildan beri kuzatilmagan natijani qayd etdi

    05.12.2018, 12:53

    Anatoliy Karpov: “O‘zbekiston shaxmat vatani nomiga da’vogarlik qila olmaydi”

    05.12.2018, 12:00

    Habib Nurmagomedov UFC’ni tark etishi mumkin

    05.12.2018, 10:54

    APL. “Manchester Siti” yana g‘alaba qozondi, bugun “Manchester Yunayted” “Arsenal” bilan jang qiladi

    05.12.2018, 07:42

    Umid Ahmadjonov: 20 yillar davomida o‘zgarmagan futbolni, biz qandaydir 1 yilda o‘zgartirib qo‘yishimiz mumkinmi?

    04.12.2018, 21:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.