Slovakiya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi. U josuslik faoliyatida gumon qilindi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Peter Pellegrini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Pellegrinining so‘zlariga qaraganda, diplomat 22-noyabr kuni persona non grata deb e’lon qilingan, shundan so‘ng u 48 soat ichida mamlakatni tark etgan.
Rossiyaning Slovakiyadagi elchixonasi yuz bergan hodisa yuzasidan izoh bermasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)