3-dekabr, dushanba oqshomida France Football nashri 2018-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini “Real Madrid” yarim himoyachisi Luka Modrichga topshirdi.
Modrich bu yo‘lda “Yuventus” vakili Krishtianu Ronaldu va “Atletiko Madrid” hujumchisi Antuan Grizmanni ortda qoldirdi.
Modrich “Real” tarixida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan yettinchi o‘yinchi bo‘ldi. Bungacha Alfredo di Stefano (1957, 1959), Raymon Kopa (1958), Luish Figu (2000), Ronaldo (2002), Fabio Kannavaro (2006) va Krishtianu Ronaldu (2013, 2014, 2016, 2017) lar ham “Real” safida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandi.
Shu tariqa “Real Madrid” klubi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan futbolchilarning soni bo‘yicha “Barselona”, “Yuventus” va “Milan”ni ortda qoldirdi. Mazkur klublardan hozirgacha 6 nafardan futbolchi “Oltin to‘p” sovriniga ega chiqqandi.
Shuningdek, “Real” “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish borasida “Barselona” bilan tenglashib oldi. Ikkala klub futbolchilar shu vaqtga qadar 11 tadan nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)