4-dekabr, seshanba kuni Seul shahrida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chung Von Choy bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Uchrashuvda Umid Ahmadjonovga O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fen hamrohlik qildi.
Ahmadjonov Butunjahon taekvondo federatsiyasi rahbaridan O‘zbekiston terma jamoasi uchun malakali murabbiy jalb qilish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. O‘z navbatida, Chung Von Choy bu borada albatta O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, o‘zbekistonlik taekvondochilar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish bo‘yicha ham yordam berishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi. Tomonlar Universiadaga tayyorlanayotgan koreyalik taekvondochilarni O‘zbekistonda o‘quv-mashg‘ulotlar olib borishlari bo‘yicha ham kelishuvga erishdi.
Muzokaralar natijasida 2019-yilgi kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati Toshkentda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport
Izoh (0)