AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga “nimani istasa, shuni muhayyo qilishini” va’da qildi. Bu haqda Yonhap nashri xabar berdi.
Donald Tramp Buenos-Ayerosda 30-noyabrdan – 1-dekabrgacha o‘tkazilgan, G20 sammiti doirasida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Indan Shimoliy Koreya rahbariga o‘z va’dasini yetkazib qo‘yishini iltimos qilgan.
Ma’lumot uchun, AQSh hamda Shimoliy Koreya rahbarlarining o‘rtasidagi ikki tomonlamali uchrashuv 12 iyunda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Tramp “o‘ta muhim, umumiylashtirilgan va batafsil” deb qayd etgan hujjat imzolangan edi.
Biroq, 7-iyulda rasmiy Pxenyan qattiq tanqid ostiga olgan edi. O‘shanda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi AQSh talablarini ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgan edi. KXDRni AQSh yadroviy qurolsizlanitrishning barcha bosqichida ishtirok etib, evaziga hech nima bermasligi yoqmagan edi.
Izoh (0)