Koinotning oltin yoshi 10 milliard yil avval o‘tib ketgan. Aynan o‘sha paytda koinot faol tarzda yangi yulduzlarni hosil qilgan. O‘shandan buyon koinot keksaymoqda, yangi yulduzlarning paydo bo‘lish tezligi esa doimiy ravishda tushib bormoqda. Bu haqda Fermi kosmik teleskopi yordamida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib, Hi-tech Mail.Ru xabar berdi.
Fermi teleskopi yordamida olimlar kosmosdagi 740 ta gamma nurlanish manbasini kuzatgan va ularning fonli nurlanish fotonlari bilan o‘zaro aloqasini baholagan. Shu tariqa yangi yulduzlarning dunyo rivojlanishining turli bosqichlarida yaraqlash intensivligini baholashga muvaffaq bo‘lingan.
Izoh (0)