SpaceX kompaniyasi Spaceflight SSO-A missiyasi uchun yuk ortilgan Falcon 9 raketasi parvozini yana kechiktirdi, deb yozadi “Kommersant”.
Mutaxassislarga ikkinchi pog‘ona dvigatelini qo‘shimcha tekshirish uchun vaqt kerak bo‘lib qoldi. Parvoz 3-dekabrga belgilandi.
Falcon 9 orbitaga 17 ta mamlakatga tegishli 64 ta sun’iy yo‘ldoshni olib chiqishi kerak. Dastlab parvoz 28-noyabr kuni Vandenberg aviabazasidan amalga oshirilishi kerak edi, ammo noqulay ob-havo tufayli, u keyinga qoldirilgan edi.
Izoh (0)