NASA Yupiter sayyorasi va uning yo‘ldoshi Ioning suratini namoyish etdi. Suratda yo‘ldosh kichkina nuqta ko‘rinishida aks etgan, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Mazkur yo‘ldosh sayyora tizimida kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi bo‘lib, vulqonlari eng faol yo‘ldosh hisoblanadi. Surat “Yunon” sayyoralararo stansiyasi tomonidan 29-oktabrda, u Yupiterga yaqinlashgan vaqtda olingan.
O‘sha vaqtda kosmik apparat va sayyora orasidagi masofa 18400 kilometrni tashkil qilgan.
Izoh (0)