Marg‘ilon shahar, Turon mahallasi, Istiqlol ko‘chasi, 82‑uy, 30-xonada yashovchi fuqaro M.Siddiqov (2‑guruh nogironi) Majburiy ijro byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, unda yashash manziliga shahar Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan eski yillarda 11 million so‘m miqdorda qarzdorlik yozib qo‘yilganligini, shu masalada amaliy yoram berishni so‘ragan. Bu haqda shahar MIB bo‘limi axborot xizmati xabar berdi.
Xuddi shu mazmundagi ariza bilan, xususan yashash manziliga 18,7 million so‘m qarzdorlik asossiz qarzdorlik yozilganligi haqida Marg‘ilon shahar, Yangi Marg‘ilon shaharchasi, Navro‘z mahallasi, Yoqut ko‘chasi, 14‑uyda yashovchi fuqaro M.Sodiqova ham murojaat qilgan.
MIB Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan 2 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘lim xodimlari va boshqa mutaxassislar jalb qilgan holda obdon tekshirilganida, haqiqatan ham ushbu fuqarolarning manzillariga shahar Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bir necha yillar oldin ortiqcha ko‘rsatkichlar kiritish oqibatida sun’iy qarzdorlik qo‘shib hisoblab kelinganligi aniqlangan.
Bo‘lim aralashuvi bilan Elektr ta’minoti korxonasidagi mavjud dasturga o‘zgartirishlar kiritilib, 2 nafar fuqaroning muammosi to‘liq hal qilib berilib, ularning buzilgan huquqlari tiklandi.
Izoh (0)