Yaponiyaning “Vissel Kobe” futbol klubi ispaniyalik hujumchi David Vilya bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
36 yoshli Vilya 1-yanvardan boshlab “Vissel Kobe” safida to‘p suradi. Boisi uning “Nyu-York Siti” klubi bilan tuzgan shartnomasi 2018-yilning 31-dekabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Vilyaning “Vissel Kobe” bilan tuzgan shartnomasi qancha muddatga mo‘ljallangani ochiqlanmagan.
Qayd etish joiz, “Vissel Kobe” safida ayni damda Andres Inyesta va Lukas Podolski kab futbolchilar to‘p surmoqda.
Ma’lumot uchun, David Vilya shu vaqtga qadar “Sporting Xixon”, “Saragosa”, “Valensiya”, “Barselona”, “Atletiko Madrid”, “Melburn Siti” kabi klublarda to‘p surgan.
U Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionati bilan bir qatorda Jahon chempionatida ham g‘olib bo‘lgan.
Izoh (0)