1-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 14-turi doirasida 5 ta o‘yin yakuniga yetdi.
Jumladan, musobaqa peshqadami “Manchester Siti” o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Siti” safida Bernardu Silva, Rahim Sterling va Ilkay Gundo‘g‘on gol kiritgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Kallum Uilson o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari APLning ketma-ket 6-o‘yinida g‘alaba qozonib, o‘z hisobidagi ochkolari sonini 38 taga yetkazib oldi.
“Nyukasl” o‘z maydonida “Vest Hem”ni qabul qilib, 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar safida Chicharito dublga erishgan bo‘lsa, yana bir golni Felipe Anderson kiritdi.
“Lester” jamoasi o‘z uyida “Uotford”ni qabul qilib, Jeymi Vardi va Jeyms Meddisonlarning gollari evaziga o‘z hisobiga uch ochkoni yozib qo‘ydi.
Angliya premyer ligasi
14-tur bahslari
30-noyabr, juma
“Kardiff Siti”—“Vulverhempton” 2:1
Gollar: 0:1 – 18 Doerti, 1:1 – 65 Gunnarsson, 2:1 – 77 Hoylett.1-dekabr, shanba
Izoh (0)