Qora niqobli IIBB xodimlari MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevni kasalxonadan olib ketdi. Jarayon videosi internetda tarqaldi.
Murod Xonto‘rayev nima uchun kasalxonadan bu tarzda olib chiqilgani, shuningdek, qayerga olib ketilgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Xonto‘rayev 26-noyabr kuni Toshkentdagi ofisida qora kiyimli, niqob taqqan 10 nafar noma’lum shaxsning hujumiga uchragan edi. Internetda qora niqoblilarning ofisga bostirib kirishi aks etgan videoyozuvlar ham tarqaldi.
Biroq ushbu holat yuzasidan shu vaqtgacha vakolatli organlar tomonidan birorta axborot yo izoh berilganicha yo‘q.
Izoh (0)