AQShda o‘rtacha kutilayotgan hayot davomiyligi o‘z joniga qasd qilishlar va narkotiklar dozalarining oshirib yuborilishi natijasidagi o‘limlar soni oshishi tufayli, 0,1 yilga kamayib, 78,6 yoshga tushdi, deb yozadi Meduza. 2016-yilda o‘rtacha kutilayotgan umr uzoqligi AQShda 78,7 yoshga teng bo‘lgan.
Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda AQShda narkotiklar dozalarining oshirib yuborilishidan 70 237 kishi vafot etgan, bu 2016-yilga nisbatan qariyb 6,6 mingga ko‘p demakdir. O‘z joniga qasd qilishlar soni esa har 100 ming aholiga 14 taga yetdi (1999-yilda 10 ta edi).
AQShda kutilayotgan hayot davomiyligi ko‘rsatkichi 1993-yildan buyon birinchi marta 2015-yilda pasaygan va 78,8 yoshni tashkil etgan edi.
Izoh (0)