• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Milliy banki Bulung‘ur filiali xodimlari bankning yopilishidan nega norozi?

    “Daryo” tahririyatiga Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Bulung‘ur filialining 26 nafar ishchi xodimlari tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda 1998-yildan buyon faoliyat yuritib tumandagi tadbirkorlik subyektlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tumanda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish borasida qator ishlarni amalga oshirib kelgan bank faoliyati bugungi kunda to‘xtatilayotganligini bildirilgan.

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev mazkur murojaat asosida jurnalistik surishtiruv o‘tkazib, bankda yuzaga kelgan muammolarni atroflicha o‘rgandi.

    Bankning ishchi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida ma’lum bo‘lishicha, 2006—2007-yillarda respublikada eng na’munali banklardan biri bo‘lgan Milliy bankning Bulung‘ur filialida so‘nggi 2 yil davomida 6 nafar rahbar almashgan. Har to‘rt oyda yangi bank rahbarining almashtirilishida ularning bankdagi turli qing‘irliklari sabab bo‘lgan. Hatto bu yerda ishlagan ba’zi rahbarlar ustidan jinoyat ishi ochilgan bo‘lsa, ayrimlari ayni paytda qidiruvdaligi ma’lum bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    “Bankda ishlagan sobiq rahbarlarning o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgani, uni rivojlantirish o‘rniga o‘z manfaatini ustun qo‘yib, turli qing‘irliklarni amalga oshirganligi sabab so‘nggi ikki yilda daromad pasayib ketgandi. Shu sababli bugun biz faoliyat yuritayotgan bank yopilish arafasida, — deydi bankning kassa mudiri Salima Javdarova. — Sobiq rahbarlarning qilgan ishiga bugun butun boshli bank xodimlari ishsiz qolish arafasida. Bizga ma’lum vaqt muddat berishini istaymiz. Qolaversa, bankni boshqaruvi uchun yaxshi rahbar berilsa qisqa fursatda uning faoliyati yana qayta tiklanadi”.

    2018-yilning yanvar oyi holati bo‘yicha bank filiali o‘tgan yilni 2 017 200 180,21 so‘m zarar bilan yakunlagan. Bankning bu darajada katta zararga kirib qolishiga filialning sobiq boshqaruvchisi A.Shodiyev, bosh hisobchi A.Jumanazarov va ularga aloqador shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari sabab bo‘lgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan bankka yetkazilgan zarar qoplanib, ularga nisbatan qonuniy jazo tayinlangan.

    “Hozirgi kunda ehtimoliy yo‘qotishlar uchun yaratilgan zaxira hisobiga filialimiz 724.9 million so‘m zarar bilan ishlab kelmoqda. Yilning oxirigacha sud jarayonidagi kreditlarni 1021.46 million so‘mdan 209.75 million so‘mgacha kamaytirish imkoniyatiga egamiz. Muddati o‘tgan kreditlarni to‘liq so‘ndirishni tashkil etib, yil oxirigacha 348.84 million so‘m sof foyda bilan yakunlash imkoniyatimiz bor”, — deydi bank rahbari Bahodir Rajabov.

    Bank xodimlarining bildirishicha, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank Kengashining 2018-yil 2-apreldagi 14-sonli va Bank boshqaruvining joriy yil 3-fevraldagi 14-sonli majlisi bayoni qarorlari, Bank boshqaruvining 2018-yil 30-iyuldagi 155-sonli buyrug‘i hamda Milliy bankning 2018-yil 19-sentabrdagi ShR-16/38-sonli xati asosida filial faoliyatini tugatish belgilangan.

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Afsuski, jurnalistik surishtiruv jarayonida yuqorida qayd etilgan qaror va buyruqlarning mazmun-mohiyati bilan tanishishning iloji bo‘lmadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu hujjatlar filialga taqdim qilinmagan ekan. Filial xodimlarning ma’lum qilishicha, joriy yilning 20-sentabr kuni Milliy bank Kengashi tomonidan filial bankrot deb e’lon qilgan. Biroq, 9-noyabrda kelib bank tizimida yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida uning faoliyati qisqartirilayotganligini bildirishgan.

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    O‘rganishlar jarayonida bank mijozlari bilan ham suhbatda bo‘ldik, “Bulung‘ur avtolyuks” xususiy korxonasi rahbari Fozil Erjigitov, yakka tartibdagi tadbirkor Dilshod O‘rozov, “Musurmonqul Aliqulov” xususiy korxonasi rahbari Bobomurod Aliqulovlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida, bankning xizmati, mijozlarga bo‘lgan munosabati va yaratilgan imkoniyatlari haqida ijobiy fikr bildirib, filial faoliyatini davom ettirish lozimligini aytib o‘tishdi.

    “Ish faoliyatimiz davomida bir nechta banklar bilan ishlaganmiz. Biroq, ular bilan ishlashda qator muammolar yuzaga kelgan. Milliy banki Bulung‘ur filiali bilan ish olib borishimiz natijasida korxonamizning yillik pul aylanmasini 2 milliard so‘mga chiqarib oldik. Qolaversa ikki bor kredit olib, tadbirkorlik faoliyatimizni yanada kengaytirdik. Tadbirkor uchun vaqt va mablag‘ eng muhim hisoblanadi. Tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ini tejab, mijozlarga sifatli xizmat qilayotgan bank faoliyatini to‘xtatish tizimdagi katta xatolardan biri bo‘ladi”, — deydi “Musurmonqul Aliqulov” xususiy korxonasi bosh hisobchisi Ikrom Jomonqulov.

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Bugun bank xodimlari mazkur inqiroziy holatdan chiqib ketishi uchun astoyidil harakat qilmoqda. Milliy bank Bulung‘ur filiali xodimlari muammoli aktivlarni undirish bilan bir qatorda sof foyda bilan ishlash uchun imkoniyat va boshqa filialga qo‘shib yubormaslik uchun ish o‘rnini saqlab qolishni istashmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovga murojaat qilishgan.

    O‘ylaymizki, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan mazkur holat atroflicha o‘rganilib, bugun vatan ravnaqi uchun mehnat qilayotgan bank xodimlariga yana bir bor imkoniyat yaratib beradi degan umiddamiz.

    “Daryo” mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining fikrini kutib qoladi.

    30.11.2018, 12:15   Izoh (0)   16622
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Vaqf” fondi 145 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab berdi

    30.11.2018, 12:02

    Surxondaryo viloyati hokimi Instagram’da ro‘yxatdan o‘tdi

    30.11.2018, 12:02

    Termizda yiliga 50 ming dona televizor ishlab chiqaradigan korxona qurilmoqda

    30.11.2018, 11:48

    Davlat xavfsizlik xizmati afg‘onistonlik ikki narkokuryerni geroin partiyasi bilan qo‘lga oldi

    30.11.2018, 10:59

    O‘zbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi 2019-yilda amalga oshishi mumkin

    30.11.2018, 10:03

    Uzbekistan Airways Moskvaga aviachiptalar narxini pasaytirdi

    30.11.2018, 09:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52

    Shimoliy Koreyada may oyida muvaffaqiyatsizlikka uchragan kema qayta suvga tushirildi

    Dunyo | 8 iyun, 21:45

    O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.