Umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 78 yoshli amerikalik 90 kishini o‘ldirganini tan oldi, deb yozadi “NTV”. Semyuel Littl uch ayolning qotilligida ayblanib, sudlangan edi, ammo endi erkak uning qurbonlari soni aslida yuzga yaqin ekanligini ma’lum qildi.
Amerikalik o‘z jinoyatlarini batafsil eslaydi va aynan kimni qayerda o‘ldirganligini ikir-chikirigacha aytib bera oladi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 35 yoshdan katta 90 kishi uning qurbonlariga aylangan. 34 ta qotillikni Federal qidiruv byurosi tasdiqlashga ulgurdi.
Odatda, boks bilan shug‘ullangan qotil, o‘z qurbonlarini nokautga tushirgan, shundan so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirgan. Erkak asosan marginal (autsayder) guruhlar vakilalarini — fohishalar va giyohvand ayollarni o‘ldirgan.
Agar Littlning ko‘rsatmalari o‘z tasdig‘ini topsa, u Amerika tarixidagi eng qonxo‘r seriyali qotilga aylanadi.
Izoh (0)