24-noyabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 13-turi doirasida “Tottenhem”—“Chelsi” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hisob 8-daqiqada ochildi. Dele Alli Kristian Eriksenning uzatmasini “Chelsi” darvozasiga joylab qo‘ydi. 16-daqiqada Harri Keyn uzoq masofadan Kepa darvozasini ishg‘ol etdi. Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida Son Hyon Min “Chelsi” darvozasiga uchinchi golni kiritdi. Sarri shogirdlari 85-daqiqaga kelib, “shporlar”ning uchta goliga bitta gol bilan javob berdi. Gol muallifi zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Olivye Jiru bo‘ldi.
Shu tariqa “Tottenhem” uch ochkoni qo‘lga kiritib, o‘z hisobidagi ochkolari sonini 30 taga yetkazib, “Chelsi”ni musobaqa jadvalida quvib o‘tdi.
Angliya premyer ligasi
13-tur bahslari
24-noyabr, shanba
“Tottenhem” – “Chelsi” 3:1
Gollar: 1:0 – 8 Alli, 2:0 – 16 Keyn, 3:0 – 54 Son Xyon Min, 3:1 – 85 Jiru.“Tottenhem”: Lyoris, Foyt, Devis, Orye, Alderveyreld, Eriksen, Sissoko, Dayer, Alli (Uinks, 87), Son (Lamela, 78), Keyn.
“Chelsi”: Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 58), Jorjinyo, Villian (Jiru, 76), Kante, Azar, Morata (Pedro, 58).
Ogohlantirishlar: Ryudiger (19), Azar (45), Jorjinyo (72)
Izoh (0)