29 yashar amerikalik sayyoh Levi Vervosetan 21-noyabr kuni Avstraliyaning Palmerston burni yaqinida safar qilayotganida kichik qayig‘idan suv o‘tib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.
Gavayilik yigit nima ro‘y berganini anglab yetgunicha o‘zini va buyumlarini suvda ko‘rdi.
U ag‘darilgan qayiqqa chiqib oldi va uni tuzatishga urindi, biroq urinishlari behuda ketdi. U shu tariqa akulalarga to‘la suvda 12 soat qolib ketdi.
22-noyabr kuni Vervosetan avariya mayog‘ini faollashtirishga muvaffaq bo‘ldi va oradan bir necha daqiqa o‘tib, uni RACQ CQ Rescue Helicopter Service kompaniyasi vakillari qutqardi.
Izoh (0)