Rossiyaning “NTV” telekanalida 26-noyabr kuni ko‘p seriyali “Mis quyosh” (“Mednoye solnse”) harbiy dramasi premyera qilinadi. Serialni suratga olish ishlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Kartinada bosh rolni Rossiya xalq artisti Vladimir Mashkov ijro etgan. U harbiy orkestr dirijyori Mixail Karyakin rolini o‘ynaydi.
Filmdagi voqealar 1991-yilda O‘rta Osiyo respublikasidagi bir qishloqda bo‘lib o‘tadi. Polk orkestri amalga oshmagan musiqiy tanlovdan qaytib kelib, baraklar bo‘sh ekanligini ko‘radi. Ularning polka Sovet ittifoqi bo‘ylab yuzaga kelgan g‘alayonlar haqida xabar oladi, ularga zudlik bilan u yerni tark etish buyuriladi.
Tasvirga olish ishlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tdi. Ekranda shahar nomsiz O‘rta Osiyo respublikasi sifatida aks etadi.
Serial premyerasini “NTV” telekanalida 26-noyabr, dushanba kuni 21:00 da tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)