Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 20-noyabr kuni Dushanbeda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovni qabul qildi, deb yozadi Asia-Plus.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik, shu jumladan, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Nurdinjon Ismoilov Emomali Rahmonni Rog‘un GESining birinchi agregati foydalanishga topshirilgani bilan tabrikladi.
“Men ushbu ulug‘vor obyektning muvaffaqiyatli ishga tushirilganidan zavqlanmoqdaman, bu hodisa Tojikistonning eng yangi tarixiga qayd etiladi, ushbu loyihaning amalga oshirilishi esa nafaqat Tojikiston xalqi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari uchun ahamiyatga ega. Bu noyob loyiha Siz, hurmatli Emomali Rahmon, Sizning qat’iyatingiz va uzoqni ko‘ra biladigan siyosatingiz sharofati bilan amalga oshdi”, — dedi u.
Izoh (0)