Sodiqjon Berdialiyev Majburiy ijro byurosi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.
Sodiqjon Berdialiyev adliya katta maslahatchisi bo‘lib, o‘rinbosarlik bilan birga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini ham bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, MIB direktorining oldingi o‘rinbosari Shoxruh Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlangandi.
Izoh (0)