Joriy yilning 13-noyabr kuni Buxoro shahrida yashovchi fuqaro N.X. IIBga murojaat qilib, unda 2014-yil oktabr oyidan 2018-yil oktabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqaro R.S. o‘zining tovuq fermasidagi tovuqlarni boqish va ushbu tovuqlarni sotib foydadan unga ham berib turishini aytib, undan 21 500 AQSh dollari hamda umumiy qiymati 76 million so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini olib ketganligini ma’lum qilgan, deya xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ko‘rilgan choralar natijasida R.S. ushlanib, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida u o‘tgan vaqt oralig‘ida yana bir nechta fuqarolardan umumiy 30 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib ketganligi ham aniqlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)