“Daryo” tahririyatida Surxondaryo viloyati Sherobod tumani “Bog‘iobod” mahallasida yashovchi bir guru fuqarolar murojaat yo‘lladi. Murojaatda aytilishicha, ushbu mahalla aholisi gaz va elektr yo‘qligidan qiynalmoqda.
“Mana qish mavsumi yaqinlashar ekan barcha mahalladigalarning yuragi xavotir iskanjasida qolmoqda. Chunki hududimizdan atigi 500 metr uzoqlikda katta gaz liniyasi o‘tganiga qaramay abgor xalqimizni gaz ta’minotidan uzib qo‘yib metan va g‘isht zavodlariga berishmoqda.
Dard ustiga chipqondek elektr ham muttasil ravishda o‘chirilmoqda. Namunali uylarda istiqomat qiluvchi mahalladoshlarimiz prezident qabulxonasiga murojaati ortidan ularga uzilgan gaz qayta ulab berildi. Afsuski, qolgan aholiga qishda sovuqdan himoyalanish uchun tezakdan boshqa narsa qolmadi”, — deyiladi murojaatda.
Holat yuzasidan tegishli tashkilotlar izohini kutib qolamiz.
Izoh (0)