Namanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni targ‘ib etuvchi Isuzu yuk mashinalari harakatlanishni boshladi. Bu haqda “Daryo”ga ga viloyat IIB YHXB matbuot guruhi ma’lum qildi.
— Bortlariga “Piyodalar, harakatlanish qoidalariga amal qiling”, “Hayot tezlikdan muhimroq”, “Haydovchi, piyodani ko‘rganda tezlikni pasaytir” kabi chaqiriqlar bitilgan bir necha yuk avtomobili harakatlanmoqda. Bu tashabbus Namangan shahrida boshlandi, yaqin orada tumanlarda ham yo‘lga qo‘yiladi, — deydi viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori Doniyor Mo‘ydinov.
Shuningdek, Qamchiq dovonining Namangan viloyatiga qarashli qismida avvalgilariga qo‘shimcha tarzda yana 14 ta katta o‘lchamdagi bannerlar o‘rnatildi. Ulardan ayrimlari bevosita dovon tonneliga kiraverishdan joy oldi.
Izoh (0)