22-noyabr kuni taniqli hind dizayneri Ritu Beri Toshkentda o‘z liboslar to‘plamini namoyish etadi, deb xabar beradi MyDay.
Rituni hind modasining birinchi xonimi deb atashadi. U o‘z liboslarini Parijda tadim etgan ilk hind dizayneri hisoblanadi. U yaratgan liboslarni Nikol Kidman, Letitsiya Kasta, Madhuri Diksit kabi mashhur aktrisalar kiygan.
Ritu shuningdek, Nyu-Delidagi Moda texnologiyalari Milliy instituti boshqaruv Kengashi a’zosi bo‘lib, hind ayollari hayotini yaxshilashga ko‘maklashadigan Savera Association xayriya assotsiatsiyasining faxriy patroni hamdir.
Tashkent Fashion Week shu yilning 21-noyabridan 26-noyabriga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)