Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postining piyodalar yo‘lagiga asli afg‘onistonlik Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Z.M.A. kirib keldi. Mehmon bojxona nazoratidan o‘tkazilayotganda qo‘l sumkasi ichidagi 2 dona Sough nomli qutilar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi, deb yozadi O‘zA.
Og‘zaki so‘rov jarayonida Z.M.A. ushbu qutilarni o‘zi uchun olgani va ichida yo‘talga qarshi damlama borligini ma’lum qildi. Sergak bojxona xodimlari qutilarni ochib ko‘rganida ayrim giyohlar bilan aralashtirilgan og‘irligi 86,72 grammni tashkil etuvchi ko‘knori borligi aniqlandi.
Z.M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Mamlakatimiz hududiga turli yo‘llar bilan giyohvand moddalarni kiritishni xayol qilgan shaxslar qattiq adashadi, — deydi viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhi inspektori Shohro‘z O‘ralov. — Masalan, mazkur chegara bojxona postida qo‘shni Afg‘oniston Islom Respublikasidan yurtimizga kirib kelgan yuk poyezdi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda vagon konstruksiyasining xufiya joyiga ustomonlik bilan yashirib olib kirilayotgan 48,4 gramm marixuana giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi”.
Izoh (0)