• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islomdagi yana bir mo‘jiza tasdiqlandi

    “Islom.uz” portali tahririyati islom dinidagi dumg‘aza mo‘jizasi o‘z tasdig‘ini topgani haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Islom.uz”

    Foto: “Islom.uz”

    Qur’oni karim va Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislarda inson vujudidagi, tabiatdagi juda ko‘p hayratlanarli ilmiy dalillar bayon qilingan. Ularning ko‘pi zamonamizda olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida kashf qilindi yoki tasdiqlandi. Kelajak texnologiyalari vositasida ochilajak yana ko‘pgina ilmiy dalillar borligi shubhasiz.

    Alloh taolo Fussilat surasida shunday marhamat qiladi: “Biz ularga ham ufqlardagi, ham o‘z nafslaridagi oyat-belgilarimizni ko‘rsatamiz. Toki ularga Uning haqligi ravshan bo‘lsin. Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?!” (53-oyat).

    An’om surasida esa: “Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqarganlardan ham ko‘ra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar” deyilgan (21-oyat).

    Aziz o‘quvchilar, bir nemis olimining ma’ruzasida Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning elchisi ekanlariga va biz u zotning belgilarini inkor etmay, aksincha so‘zsiz ergashishimiz kerakligi haqidagi  ishonchli hujjat-dalillar bilan tanishasiz.

    Dumg‘aza (xvostsovaya kost) mo‘jizasi

    Dumg‘aza inson umurtqa pog‘onasining eng oxirgi suyagi bo‘lib, insonning bir a’zosi hisoblanadi, u hech qachon yo‘q bo‘lib ketmaydi. Boshqa suyaklardan farqli o‘laroq u yerda chirib ham ketmaydi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ko‘pgina hadisi shariflarida aytilishicha, inson dumg‘aza suyagidan yaratilgan, keyin qiyomatda yana shundan yaratiladi.

    Abu Hurayradan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 

    “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: 

    “Insonning hamma joyi chirib yo‘q bo‘ladi, faqat dumg‘aza suyagi chirimaydi. Inson undan yaratilgan edi, qiyomat kuni yana undan yaratiladi”.

    Imom Buxoriy, Nasoiy, Abu Dovud, Ibn Moja rivoyat qilishgan.

    Yana Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

    “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: 

    “Insonning bir suyakdan boshqa hamma narsasi chiriydi. Bu chirimagani – “ajbuz-zanab” deb ataluvchi dumg‘azadir. Qiyomat kuni qayta tirilish shundan tarkib topadi”. 

    Imom Muslim rivoyat qilgan.

    Ushbu hadislarda dumg‘aza haqidagi bunday fikrlar va dalillar ifodasini topgan:

    – Inson dumg‘azadan yaratilgan.

    – Dumg‘aza yerda chirib ketmaydi.

    – Qiyomat kuni har bir inson shu suyakdan qayta tiriladi.

    Quyida ushbu so‘zlarni isbotlovchi ilmiy dalillar keltiriladi.

    Ilmiy dalil

    1. Homila rivojlanishining davrlari
    Nutfa va tuxumhujayra qo‘shilganidan so‘ng homila (embrion) rivojlana boshlaydi. Urug‘langan tuxum hujayra bo‘linishni boshlaydi: bir hujayradan ikkita, ulardan esa to‘rtta hosil bo‘ladi va hokazo. Hujayralarning bo‘linishi va rivojlanishi “embrional disk” shakllanishigacha davom etadi, ular ikkita qatlamdan iborat:

    1) Tashqi epiplast: 

    Bu yerda tsitotrofoblast joylashgan bo‘lib, u homila ona qonidan va bachadon devoridan kerakli ozuqa bilan ta’minlanib turishi uchun embrionni bachadon devoriga mahkam o‘rnashtiradi.

    2) Ichki xipoplast: 

    Bunda, Alloh taoloning irodasi bilan homila hosil bo‘ladi. 15 kundan so‘ng embrionning eng pastki qismida «jo‘n tasma» (primitivniye polosi) deb atalmish birinchi chiziqlarni payqasa bo‘ladi. Bu chiziqning oxirida esa birinchi kichkina chiziqcha, ya’ni «jo‘n tuguncha» (primitivniy uzel) bor.

    «Jo‘n tasma» hosil bo‘ladigan taraf «embrional disk»ning orqa tomoni bo‘ladi. Quyida “jo‘n tasma” va «jo‘n tuguncha»dan barcha a’zolar va to‘qimalar shakllanishi bayon etiladi.

    – Ektoderma: teri va markaziy asab tizimini tashkil qiladi.

    – Mezoderma: hazm qilish yo‘li, yurak, qon aylanish, suyaklar, siydik va jinsiy tizimlar, to‘qima osti, limfa va taloqlarda yumshoq mushaklarni hosil qiladi.

    – Etdoderma: ovqat hazm qilish tizimidagi shilliq parda, nafas olish tizimi, hazm qilish yo‘liga tegishli a’zolar, qovuq,  qalqonsimon bez va eshitish yo‘llarini hosil qiladi

    “Jo‘n tasma” va “jo‘n tuguncha” umurtqaning oxirgi qismigacha davom etib cho‘zilganidan so‘ng bulardan dumg‘aza hosil bo‘ladi.

    Xulosa: dumg‘aza “jo‘n tuguncha” va “jo‘n tasma”dan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘sib  uch qatlam hosil qilishi mumkin, bulardan esa homila shakllanadi: ektoderma, mezoderma va endoderma.

    1. Homilaning noqisligi dumg‘azaning inson uchun ona hujayra ekani dalilidir.
    Dumg‘azaning so‘nggi umurtqasida joylashgan “jo‘n tasma” va “jo‘n tuguncha”dan homila paydo bo‘lib, shakllanganidan keyin “jo‘n tasma” va “jo‘n tuguncha” uning xos xislatlarini saqlab qoladi. Bordi-yu, ular ayniy boshlasa, homila bilan birgalikda shish (teratoma  dumg‘azaning umurtqa pog‘onasi bilan ulangan joyi) paydo bo‘lishi va u buzilgan homilani ayrim to‘la shakllanib ulgurgan a’zolar  (masalan, tish, soch va hokazo, shuningdek qo‘l va oyoq barmoqlari) bilan birga namoyon qilishi mumkin bo‘lardi. Shunday qilib, jarroh bu shishni ochib ko‘rganida to‘liq shakllangan a’zolar borligini aniqlaydi.  Bundan dumg‘aza tarkibida aslida ona hujayralari borligi ma’lum bo‘ladi.
    1. Xans Spemann tajribalari
    Tadqiqotchilarning aniqlashicha, hujayralarning tuzilishi va homilaning hosil bo‘lishi “jo‘n tasma” va “jo‘n tuguncha”dan boshlanadi. Bu qismlar tuzilishidan oldin hujayralarning paydo bo‘lishi va ularning bo‘linishi aslo mumkin emas. Buni isbotlagan eng mashhur tadqiqotchilardan biri  nemis olimi Xans Spemanndir. U “jo‘n tasma” va  “jo‘n tuguncha”lar ustida o‘tkazgan tajribalarida ularning homila rivojlanishini tashkil qilishini aniqladi va shuning uchun uni “The primary organizer” (ya’ni «birlamchi asos» – «boshlab beruvchi») deb atadi.

    U tajribalarini amfibiyalardan (suvda ham, quruqlikda ham yashay oladigan jonzotlar) boshladi. Tajribalarining birida u bir homilani “birlamchi asosi”ni ayni shu “yosh”dagi (ya’ni,  uchinchi yoki to‘rtinchi haftalik birinchi homila davridagi) boshqa homilaning epiplastiga ko‘chirib o‘tqazdi. Bu tajriba ko‘chirib o‘tqazilgan “birlamchi asos”dan  ikkinchi embrionning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ko‘chirilgan a’zo “yangi muhit” atrofidagi hujayralarga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada birinchi homila tanasida ikkinchi homila hosil bo‘ldi.

    1. Dumg‘aza hujayralari shikastlanmaydi va buzilmaydi. 
    1931-yilda Spemann “birlamchi asos” hosil qiladigan to‘qimani maydalab, uni qayta ko‘chirib o‘tqazadi, maydalash esa tajribaga ta’sir qilmaydi va hech narsaga qaramay ikkinchi embrion hosil bo‘ladi. 1933-yilda Spemann va boshqa tadqiqotchilar xuddi shu tajribani takrorlashadi, ammo bu safar “birlamchi asos” hosil qiladigan to‘qimani maydalashdan oldin qaynatishadi.

    Ammo bu safar ham hech narsaga qaramay ikkinchi embrion hosil bo‘ladi. Shunday qilib, bu hujayraga hech narsa ta’sir qilmasligi ma’lum bo‘ladi.

    1935-yilda  Spemann “birlamchi asosni” kashf etgani uchun Nobel mukofotini oladi.

    Doktor Usmon al-Jiyloniy va shayx Abdulmajid Az-Zindoniylar ham 2003-yilning ramazon oyida Sanodagi Zindoniyning uyida dumg‘aza bilan bir necha ilmiy tajribalar olib borishdi. Umurtqa dumg‘azasi to‘la alanga olib yonmagunicha gaz alangasiga o‘n daqiqa tutib turildi (suyak oldin qizil rangga kirguncha lovullab yondi, keyin esa qorayib ketdi)

    Ular kuydirilgan bo‘laklarni sterillangan kolbaga (laboratoriya shisha idishi) solib, Sanodagi mashhur ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga (al-Olakiy laboratoriyasi) olib borishdi. Gistologiya va patologiya universiteti professori doktor al-Olakiy to‘qima bo‘laklarni o‘rganib, uning kuydirilgani dumg‘azaning suyak to‘qimalariga ta’sir qilmaganini aytadi, ya’ni ular kuydirilgani bilan o‘zgarmagan (faqat mushak, yog‘ to‘qimasi va ilik kuygan, dumg‘aza suyaklarining hujayralarida esa hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan).

    Mo‘jizaning jihati

    1. Muhammad alayhissalomning dumg‘aza haqidagi hadislari Payg‘ambarimizning ilmiy mo‘jizalariga kiradi, chunki embriologiya inson tanasining barcha qism va a’zolari dumg‘azadan chiqqanini aniqlagan bo‘lib, homilashunoslik tilida buni «birlamchi asos» (pervichniy obrazovatel) ham deyishadi. Bu «birlamchi asos» hujayralarning ko‘payishiga va to‘qimalarning differensiatsiyalashuviga sabab bo‘ladi, bu esa asab tizimining birlamchi shaklda rivojlanishiga olib keladi. O‘limdan keyin Qiyomat kuni inson shu suyakdan, aniqrog‘i shu suyakning embrionni hosil qildiradigan hujayralaridan qayta tarkib topadi.
    2. «Birlamchi asos»ni  takroriy qayta ko‘chirib o‘tqazilishi, maydalanishi yoki kuydirilishi tajribaga aslo ta’sir qilmaydi, embrion hech narsaga qaramay hosil bo‘laverdi. Kuydirilish ham dumg‘aza suyak hujayrasining to‘qimalariga ta’sir qilmasligi aniq bo‘ldi. Bu tajribalar natijasi Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadisi shariflaridagi dumg‘azaning yerda chirimasligi va butunlay yo‘q bo‘lib ketmasligini haqidagi gaplarini butunlay tasdiqladi.

    13.11.2018, 09:34   Izoh (0)   398731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    15-noyabrdan O‘zbekistonda havo iliqlashadi

    13.11.2018, 09:09

    Navoiydagi kasalxonada bemorga qo‘llanmagan psixotrop dori vositasi ro‘yxatda chiqim qilingani aniqlandi

    13.11.2018, 09:00

    O‘zbekiston internetni tartibga solish bo‘yicha Makron memorandumiga qo‘shildi. Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bu hujjatni imzolamadi

    13.11.2018, 08:45

    Issiq suv yetarli darajada isimasligi tufayli, o‘zbekistonliklar issiq suv hisoblagichlarini termodatchiklar bilan jihozlashni taklif qildi

    13.11.2018, 08:37

    Botirjon Asadov: O‘zbekiston o‘zining koinot dasturini ishlab chiqdi 

    13.11.2018, 08:30

    2017-yilda Alisher Usmonov ko‘magida xorijiy kompaniya boshqaruviga topshirilgan “O‘zmetkombinat” obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilindi

    13.11.2018, 08:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.