12—14-noyabr kunlari O‘zbekistonda havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘ishi, u qorga aylanishi mumkin. 13—14-noyabrda harorat kechasi 2—7 daraja sovuqqacha, kunduzi esa 0—5 daraja iliqqacha pasayadi. Ammo 15-noyabrdan kunduzgi harorat 5—10 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
16-noyabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat kunduzi +8 — +13 darajagacha yetadi. 17-noyabr kuni esa havo haroati kunduzi 10—15 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kechasi esa -3 darajani tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 12—13-noyabrda havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Harorat kunduzi va kechasi 3—8 daraja sovuq bo‘ladi.
Izoh (0)