Orif Bo‘tayev O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqdagi Prezident farmoni 6-noyabr kuni imzolangan, deya xabar beradi “Turon 24”.
Orif Bo‘tayev bungacha Markaziy bankning Kredit axborotlarining davlat reyestrini yuritish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan Sherzod Xadjizadayevning o‘rnini egalladi.
Izoh (0)