Britaniyaning Spice Girls pop-guruhi ijtimoiy tarmoqlar orqali birlashganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Jeri Xorner, Emma Banton, Mel Bi va Mel Si bir guruh bo‘lib qayta tiklandi va 2019-yilning yozida Buyuk Britaniya bo‘ylab yangi turga otlanadi.
Guruhning beshinchi a’zosi Viktoriya Bekxem loyihada ishtirok etishdan bosh tortgan. U o‘zining biznesga oid majburiyatlari tufayli guruhga qo‘shilmaydi.
Qayd etilishicha, Mel Bi qachondir Bekxemni o‘zlarining safida ko‘rishga umid qilmoqda.
Guruhning birinchi konsert dasturi 1-iyun kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Spice Girls guruhi 1994-yilda tashkil etilgan. 2000-yildan boshlab guruh a’zolari yakkaxon holda ijod qilib keladi.
Izoh (0)