Bugun, 5-noyabr kuni Smolniy (Sankt-Peterburg)da Toshkent hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurovning Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Sergey Movchan bilan kengaytirilgan formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Tadbir ishtirokchilari Sankt-Peterburgda doimiy amal qiluvchi ekspozitsiyalarga ega O‘zbekiston savdo uyi ochilishini muhokama qildi.
Muzokaralar Sankt-Peterburgdagi Toshkent kunlari doirasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Toshkent hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov butun respublika bo‘ylab ishbilarmon doiralar vakillari jalb qilinadigan ko‘rgazmani tashkil etishni taklif qildi.
Izoh (0)