O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, hukumat xususiy kvartiralar ijarasi bozorini ochishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Spot.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turizmni kelgusida rivojlantirish uchun nafaqat zamonaviy va brend mehmonxonalarni qurishni tezlashtirish, balki budjet mehmonxonalarni (mehmon uylari) tashkil etish, Airbnb tizimi bo‘yicha kvartiralar ijarasini ham tatbiq etish lozim.
May oyining oxirida hukumat xususiy uylar va kvartiralarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatganlik uchun yig‘im eng kam ish haqining 2 foizini (3444) tashkil etishini belgilagan edi.
Airbnb orqali kelishuvlarni amalga oshirish bir muncha qiyin jarayon bo‘lsa-da, ushbu tizim orqali kvartirasini ijaraga berishni istovchilar ham talaygina. Hozirgi vaqtga qadar servisda 200 dan ortiq takliflar e’lon qilingan. Ulardan aksariyati Toshkent, Buxoro va Samarqandda.
Izoh (0)