Donald Tramp kelgusi haftada AQSh immigratsiya qonunchiligini keskinlashtiruvchi farmonni imzolashini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.
Prezident boshpana olish uchun talabnoma berish imkoniyatini cheklashni rejalashtirmoqda, chunki, uning fikricha, qochoqlar tizimli ravishda Amerika rasmiylarini chalg‘itib kelmoqda.
Prezident AQSh va Meksika chegarasini qo‘riqlovchi harbiy xizmatchilar ularga tosh va chag‘irtoshlar uloqtirayotgan muhojirlarga o‘t ochganlarga kabi munosabatda bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Tramp yangi choralar muhojirlarga nisbatan qanday ishga tushishiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gondurasdan yetti ming kishilik muhojirlar karvoni AQSh tomonga harakatlanayotganligi haqida xabar berilgan edi. Tramp ulardan ko‘pchiligini “jinoyatchilar va Yaqin Sharq mamlakatlarining shaxsi noma’lum fuqarolari” ekanligini ma’lum qilgan va vaziyatni “favqulodda holat” deb atagan edi.
Izoh (0)