Magnitudasi 6,4 ga teng kuchli zilzila Gretsiyaning Zakintos orolining siljishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Afina observatoriyasining Geodinamika instituti tadqiqotlar bo‘limi rahbari Afanasios Gansas ma’lum qildi.
Ganasning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa kosmik agentligi taqdim etgan sun’iy yo‘ldosh suratlari tahlili orol janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘ylab kamida uch santimetrga siljiganini ko‘rsatmoqda.
O‘rtayer dengizida 26-oktabr oqshomida 6,4 magnitudali zilzila yuz bergan edi. Asosiy zilziladan so‘ng ko‘plab aftershoklar, xususan, kamida beshta 4 magnitudali silkinishlar kuzatildi.
Zilzilalar oqibatida to‘lqinlarining balandligi 70 santimetrga yetadigan sunami yuz berdi. Ayrim joylarda esa “tosh yomg‘iri” kuzatilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, bir qator tarixiy binolar zarar ko‘rgan.
Izoh (0)