O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-oktabr kuni qishloq xo‘jaligini kompleks rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotlar eksportini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar, ayniqsa, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini keng joriy qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Tegishli vazirlik va tashkilotlarga Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya va boshqa davlatlar bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yig‘ilishda yangi tashkil qilgan uyushmalar faoliyatiga ham e’tibor qaratildi. Ular o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yangilikka intilmayotgani, sohadagi o‘rni sezilmayotgani tanqid qilindi.
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga investitsiyalarni, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.
Yerni haqiqiy egasiga berish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, urug‘chilikni rivojlantirish, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi texnika parkini yangilash, mahsulotlarni qayta ishlash sohasini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarda dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Izoh (0)