Kataloniya politsiyasi Barselonada giyohvand moddalar savdosiga qarshi keng miqyosli operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya davomida 55 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, operatsiyada Kataloniya politsiyasi va shahar gvardiyasining 700 nafar agenti qatnashgan. Ular eski shahar qismidagi politsiyaga ma’lum bo‘lgan giyohvand moddalar sotiladigan joylarda 40 ta tintuv o‘tkazgan.
Tintuvlar vaqtida politsiyachilar giyohvand moddalar sotuvchilarning mijozlarini ham topgan, biroq ular qo‘yib yuborilgan. Keng miqyosli operatsiya bir necha oy davom etgan tergovning natijasi bo‘lgan.
Izoh (0)