Sasseks gersoginyasi Megan Markl turmush o‘rtog‘i shahzoda Garri bilan oila sifatidagi ularning birinchi safari vaqtida Yangi Zelandiyaga keldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Jurnalistlarning e’tibor qaratishicha, homilador malikaning egnida Asos onlayn-do‘konida 35 funt-sterlingdan sotilayotgan qora ko‘ylak bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bu ko‘ylak uning safar davomida kiygan eng arzon ko‘ylagi bo‘lgan.
Ta‘kidlanishicha, Megan Marklni arzon ko‘ylakda chiqishga Kembrij gersoginyasi Meyt Middlton ilhomlantirgan. 2015-yilda Keyt Middlton xuddi shu do‘kondan olingan shu narxdagi ko‘ylakda Brookhill Children's Centre bolalar markaziga tashrif buyurgan.
Izoh (0)