Butun dunyoga mashhur skripkachi Vanessa Mey 40 yil avval — 1978-yilning 27-oktabrida Singapurda dunyoga kelgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Bo‘lajak yulduzning ota-onasi u beshga ham to‘lmagan paytda ajrashgan, shundan so‘ng ular Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda Vanessaning onasi yana turmushga chiqqan. Mey juda kichik yoshidan musiqa bilan shug‘ullana boshlagan, biroq dastlab fortepiano bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan.
Vanessa to‘qqiz yoshidayoq Qirollik musiqa kollejining eng yosh o‘quvchisiga aylandi, bir yil o‘tib, filarmonik orkestrda chiqish qila boshladi, 1990-yilda esa uning ilk albomi chiqdi.
Elektroskripkani o‘zlashtirgan Mey 90-yillarning o‘rtalarida o‘zining ilk pop-plastinkasini chiqardi. Plastinka ko‘plab mamlakatlarda bir necha hafta davomida chartlarga yetakchilik qildi va Meyning dunyoga mashhurligini mustahkamladi.
Vanessaning musiqadan tashqari boshqa eng katta qiziqishi tog‘ chang‘isidir. Uning bu xobbisi 2014-yilda skripkachini Olimpiadagacha olib keldi: Sochidagi o‘yinlarda Mey 67-o‘rinni egalladi.
Izoh (0)