Italiyalik dunyoga mashhur opera qo‘shiqchisi Monserrat Kabalye 8-oktabr, dushanba kuni Barselonada dafn qilinadi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Dafn marosimi mahalliy vaqt bilan 12:00 (Toshkent vaqti bilan 15:00)da Kataloniya poytaxtidagi dafn marosimlari markazida boshlanadi.
Kabalye Barselonadagi San-Andreu qabristoniga, o‘z ota-onasining qabrlari yoniga dafn etiladi.
Opera qo‘shiqchisi bilan vidolashuvga ko‘p sonli siyosatchilar, artistlar va san’at arboblari kelishi kutilmoqda. Xususan, Ispaniya hukumati raisi Pedro Sanches va Kataloniya yetakchisi Kim Torra dafn marosimiga borish niyatini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Opera xonandasi Monserrat Kabalye 6-oktabr tongida Barselonadagi shifoxonada vafot etdi. U 85 yoshda edi.
Izoh (0)