Opera xonandasi Monserrat Kabalye 6-oktabr tongida Barselonadagi shifoxonada vafot etdi. U 85 yoshda edi, deya xabar bermoqda Meduza.
La Vanguardia nashrining yozishicha, Kabalye xonim “ko‘pdan beri xasta edi”.
Monserrat Kabalye XX asr ikkinchi yarmidagi eng mashhur opera xonandalaridan biri edi. Operadagi chiqishlaridan tashqari u 1987-yili Barselona—1992 Olimpiadasi uchun qo‘shiqchi Freddi Merkyuri bilan birgalikda kuylagan “Barselona” qo‘shig‘i bilan ham mashhur.
Xabar berishlaricha, xonanda umrining so‘nggi oylarida ham gastrol safarlariga chiqqan. Xususan, 2018-yil yozida Moskvada konsert bergan edi.
Izoh (0)