Kecha, 27-oktabr kuni O‘zbekiston badminton federatsiyasining yangi sport inshooti o‘z faoliyatini boshladi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etdi.
1-yil davomida qurib foydalanishga topshirilgan majmuada 5 ta badminton korti, 100 o‘rinli yotoqxona, kiyinish xonalari, tibbiyot xonasi, nazariy bilimlar uchun mo‘ljallangan xonalar va murabbiylar xonasi mavjud.
Tadbirda badmintonchilar o‘ziga xos ko‘rgazmali chiqishlar orqali yig‘ilganlarga o‘z mahoratlarini namoyish etib berdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ilk bor badminton federatsiyasi 2011-yil 26-avgust kuni tashkil etilgan. Respublika bo‘yicha 102 ta badminton bo‘limlari mavjud. Badminton bilan doimiy shug‘ullanib kelayotgan 6711 nafar (2955 ta qizlar) sportchilarga 312 nafar murabbiylar ta’lim bermoqda. O‘zbekistonlik sportchilar 2015—2018-yillar davomida badminton bo‘yicha xalqaro musobaqalarda 61 ta medal (11 ta oltin, 13 ta kumush, 37 ta bronza) qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)