Kecha, 24-oktabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida Madridning “Atletiko” jamoasi safarda Dortmundning “Borussiya”siga 0:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Bu Madrid klubining 2011-yildan beri qabul qilib olgan eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi. “Atletiko” o‘shanda Kataloniyaning “Barselona” klubiga 0:5 hisobida yutqazgandi.
Shuningdek, “Atletiko” ilk marta Diyego Simeone qo‘l ostida 90 daqiqa ichida 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Ma’lumot uchun, argentinalik mutaxassis klubni 2011-yil dekabrida qabul qilib olgandi.
Izoh (0)