UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlarni e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra, quyidagi 4 nafar futbolchi hafta o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar sifatida ko‘rsatildi:
- Edin Jeko “Roma” — SSKA jamoasiga 2 ta gol urdi, 1 ta golli uzatma berdi;
- David Silva “Manchester Siti” — “Shaxtyor”ga qarshi bellashuvda gol urdi;
- Muhammad Saloh “Liverpul” — “Srvena Zvezda”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi;
- Ashraf Hakimi “Borussiya D” — “Atletiko”ga qarshi bahsda 3 ta golli uzatma berdi.
Izoh (0)