Kecha, 24-oktabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Srvena Zvezda” jamoasi qabul qilib, mehmonlar darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib g‘alabaga erishdi.
Gollardan 2 tasi esa misrlik hujumchi Muhammad Saloh hisobiga yozildi. Natijada Salohning “Liverpul” safidagi gollari soni 50 taga yetdi. Misrlik hujumchiga bu natijani qayd etish uchun 65 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh 2017-yildan beri “Liverpul safida to‘p surib kelmoqda. U klubga Rimning “Roma” klubidan kelib qo‘shilgandi.
Izoh (0)