O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusida mahorat darslari va o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda tadbirkorlar, tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar va sohaga aloqador tashkilot vakillari qatnashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Amaliy-seminarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlarida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, kasanachilik va mikrofirmalarni tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‘shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini paydo qilish, mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish borasida fikr yuritildi.
Tadbir jarayonida “Tekstil libos” va “8-mart” MChJ mas’ul xodimlari ushbu korxonalarga ishchi xodimlarni ishga qabul qilishdagi mavjud talablar va shart-sharoitlar to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi. Natijada 20 nafar xotin-qizlar shu korxonalarga ishga qabul qilindi.
Izoh (0)